» » LG OLED-televizori yana EISA nufuzli mukofotini qo‘lga kiritdi

LG OLED-televizori yana EISA nufuzli mukofotini qo‘lga kiritdi


LG’dan OLED-televizor oltinchi yildan beri Yevropa audio va videotexnika bo‘yicha jurnallar assotsiatsiyasining (EISA) o‘z qurilmalari turkumida eng yaxshisi, deb tan olinmoqda.

Bu yil LG’dan juda ingichka OLED-televizor (OLED 65E7 modeli) “EISA eng yaxshi OLED-televizori 2017—2018” mukofotini ajoyib tasvir sifati va keng ko‘rish burchaklari sabab qo‘lga kiritdi.

EISA hay’ati bu premium-darajadagi televizorni HDR 10 va DolbyVision (SM) shakllarini qo‘llab-quvvatlashi uchun ham alohida qayd etdi, foydalanuvchilar ular tufayli kinoteatr darajasidagi sifatli tovushdan bahramand bo‘lishlari mumkin.

LG’dan boshqa bir mahsulot — SUPERUHD-televizor (55SJ850V modeli) rangning aniqligi va to‘yinganligi hamda LG’dan NanoCell (SM) texnologiyasidan foydalanilgan holda keng ko‘rish burchagi, shuningdek, foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan webOS 3.5 interfeysi uchun “EISA eng yaxshi LCD-televizori 2017—2018” sovrinini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, u ActiveHDR shaklini qo‘llab-quvvatlashi mumkin, bu esa tasvirni ekranga istalgan burchakdan qaralganda qulaylik bilan ko‘rish imkonini maqbullashtiradi.

Shuningdek, LG saundbari (model SJ9) “EISA eng yaxshi saundbari 2017—2018” sovrinini qo‘lga kiritdi. Bunga sabab — uning dizayni juda noyob va tovush chiqarishi juda aniq, bunga DolbyAtmos texnologiyasi tufayli erishilgan. Ushbu texnologiya tovushni istalgan uch o‘lchovli bo‘shliqda chiqarish imkonini beradi (hatto tinglovchining boshi ustida ham), bunda haqiqatga juda ham yaqin tovush muhiti yaratiladi.

“LG kompaniyasi EISA sovrini hay’atiga uydagi ko‘ngilochar tizimlar uchun OLED-texnologiyasini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatlarimizni navbatdagi bora tan olgani uchun minnatdorlik bildiradi, — deydi LG Home Entertainment kompaniyasi prezidenti Brayan Kvon. — Bizning OLED-televizorlar kelajakda ham premium-darajadagi qurilmalar bozorida ilg‘or texnologiyalardan foydalanganligi, ajoyib tasvir sifati va dizayni uchun sovrinlar oluvchi mahsulotlar sifatida yetakchi mavqeyini saqlab qoladi”.

 

EISA’ning nufuzli sovrinlari har yili Yevropaning 20 dan ortiq davlati, AQSh va Avstraliyadan bo‘lgan audio hamda videotexnika bo‘yicha taniqli jurnallar muharrirlaridan tashkil topgan hay’at tomonidan har yili topshiriladi. Mahsulotlar qator mezonlar asosida baholanadi, ular orasida foydalanilayotgan texnologiyalar, dizayn va innovatsiyalar bor.

Tashrif buyuruvchilar LG’dan eng yangi OLED-televizorlar hamda audio tizimlarga kompaniyaning “MesseBerlin” ko‘rgazma markazidagi 18-raqamli zalda 1—6- sentabr kunlari shaxsan baho berishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют