» » Soliq qo‘mitasi ijtimoiy sug‘urta badalidan qarzdor san’atkorlar ro‘yxatini ma’lum qildi

Soliq qo‘mitasi ijtimoiy sug‘urta badalidan qarzdor san’atkorlar ro‘yxatini ma’lum qildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni ijodkorlar ziyolilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda estrada xonandalari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida to‘xtalib o‘tgan edi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, estrada xonandalari topgan daromadlar soliqqa tortilishi bo‘yicha ham fikrini bildirib, “O‘zbekistonda estrada ijodkorlari aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishdan topadigan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lash majburiyatidan ozod qilingan. Xonandalarimiz o‘zining gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish uchun bir yilda bir marta belgilangan tartibda ma’lum miqdordagi mablag‘ni to‘lab, litsenziya oladi. Bo‘ldi, boshqa soliq yo‘q. Azbaroyi san’atga bo‘lgan hurmatimiz uchun ularni soliqqa tortmayapmiz”, — deya ta’kidlagan edi.

Chindan Soliq kodeksining 180-moddasi birinchi qismi 8-bandiga asosan, konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan shaxslar ushbu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

Tan olish kerak, hech bir sohaga bunday imtiyozlar berilmagan. Lekin qars ikki qo‘ldan chiqadi, salomga yarasha alik ham bo‘lishi kerak.

Daromadidan soliq to‘lamaydigan san’atkorlar nafaqa yoshiga yetgach, belgilangan tartibda davlatdan pensiya oladi. Shu sababli, ular qonunchilikka ko‘ra oyiga 1 minimal ish haqi miqdorida, ya’ni bugungi kunda 149 775 so‘m miqdordagi ijtimoiy sug‘urta badalini to‘lab borishlari lozim bo‘ladi. Biroq, ular orasida konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad olayotgan, ammo belgilangan ijtimoiy sug‘urta badalini o‘z vaqtida to‘lamay kelayotganlar ham oz emas.

Qo‘mita axborot xizmati qarzdor san’atkorlar ro‘yxatini keltirib o‘tgan. Mazkur ro‘yxatdan, jumladan, Zarrina Mannonova va Sitora Olimova (Jizzax shahri), Otabek Mahmudov (Farg‘ona shahri), Sarsenbek Jetkerbayev (Nukus shahri), Husan Tojimirzayev (Namangan shahri), Sohibjon Komilov (Kogon shahri) Sarvar Xushvaqtov (Urgut tumani), Olim O‘rozov (Angor tumani), Sherzod Muhammadiyev (Toshloq tumani), Muxlis Qurbonov (Shahrizabz tumani), Yoqubjon Hakimov va Baxtiyor Toyloqov (Xatirchi tumani), Jamshid Mirsaliyev (Zangiota tumani) va boshqalar, jami 82 kishi bor.

Ularning har biri ijtimoiy sug‘urta badalidan 2 milliondan 4,5 million so‘mgacha qarzdor bo‘lib qolgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют