» » Yashnobodda Istanbulga chipta uchun 9 mln so‘m olgan firibgarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘aldi

Yashnobodda Istanbulga chipta uchun 9 mln so‘m olgan firibgarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘aldi


Yashnobod tumani hududida joylashgan “Aviakassa”dan samolyotga chipta olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017-yilning mart oyida Aviasozlar-2 dahasida joylashgan “Aviakassa” oldida 1987 yilda tug‘ilgan, Chilonota ko‘chasida yashovchi Ya.N., 1977 yilda tug‘ilgan, Uchtepa tumani, Qashqariy ko‘chasida yashovchi B.N.ga Turkiyaning Istanbul shahriga samolyotga chipta olib berishni va’da qiladi. Biroq uning 9 000 000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Yashnobod tuman IIB tomonidan fuqaro Ya.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют