» » Ishonish qiyin, lekin bu fakt: Xitoy klubi bir futbolchining transferidan 26 mln foyda qildi

Ishonish qiyin, lekin bu fakt: Xitoy klubi bir futbolchining transferidan 26 mln foyda qildi


Xitoy futbol klublari Yevropadan asosan yoshi o‘tgan futbolchilarni haddan tashqari katta pul evaziga va keyinchalik foyda ko‘radigan darajada pullash imkonisiz sotib olishi haqidagi tasavvur yaqin vaqt ichida o‘zgarmasligi aniq, deb yozadi “Sports.ru”.

Biroq shu yil yozdan, ma’lum sabablarga ko‘ra, Xitoy klublarining supertransferlari to‘xtab qoldi, kuni kecha esa hech kutilmagan hodisa yuz berdi: “Guanchjou Evergrand” braziliyalik yarim himoyachi Paulinyoni Yevropadan sotib olganidan ko‘ra qimmatroqqa pullashga muvaffaq bo‘ldi. Eng qizig‘i, xaridor — Yevropadan. Bo‘lganda ham — “Barselona”.

“Barselona”ning mazkur xaridi ko‘pchilikni hayron qoldirgani aniq. Birinchidan, Paulinyo 29 yoshda.

Ikkinchidan, uning Yevropadagi avvalgi faoliyatini muvaffaqiyatli deb atash qiyin: u 2013-yil yozida bo‘lajak superyulduz sifatida Londonga ko‘chib o‘tgan, biroq yaxshi chiqmagan ikki mavsumdan so‘ng, Xitoyga ketgan —faoliyatini qariyb yakunlash uchun. Paulinyo Braziliya terma jamoasida 40 tadan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan, jumladan, Jahon chempionatida ham o‘ynagan, biroq u klub darajasida hatto Yevropa Chempionlar Ligasida ham o‘yin o‘tkazmagan.

Uchinchidan, Paulinyo “‘Barselona’ yarim himoyachisi” degan tasavvurga unchalik mos tushmaydi. Bu braziliyalik kuchga asoslangan o‘yin ko‘rsatishni, to‘pni olib qo‘yib, oldinga o‘tish, uzoq masofalardan darvozaga zarba berishni ma’qul ko‘radi, biroq qisqa to‘p uzatishlarga asoslangan o‘yin ustasi emas. Boz ustiga, “Barselona” markaziy yarim himoyasida “Qani endi bir imkoniyat berilsa edi!” deb, payt poylayotgan klubning o‘z tarbiyalanuvchilari ham bor.

Biroq transfer amalga oshib bo‘ldi. “Barselona” ko‘pdan beri Paulinyoga qiziqib kelayotgan va yoz boshida futbolchi uchun taxminan 20 million taklif qilgan edi. Biroq “Guanchjou Evergrand” bunga rozi bo‘lmadi va kataloniyaliklar tovon pulini to‘liq to‘lashga majbur bo‘ldi. “Paulinyo — a’lo darajadagi futbolchi, — deydi “Guanchjou Evergrand” bosh murabbiyi Luiz Felipe Skolari. — Uning uchun ‘Barselona’ tomonidan katta pul to‘langani klubimiz uchun ham sharafdir”.

“Bu ‘Evergrand’ uchun yo‘qotish, biroq Xitoy futboli uchun yutuq, — deya qo‘shimcha qildi “Shanxay SIPG”da Odil Ahmedovga ustozlik qiladigan Andre Villash-Boash. — Bu jahonning eng zo‘r futbol klublari Xitoy chempionatini kuzatib borayotganiga dalildir”.

Endi kimdir Paulinyoni sotib olishni istasa, “Barselona”ga 120 million yevro to‘lashi lozim. Bunday variant esa “PSJ”ni qiziqtirmaydi, deb taxmin qilish qiyin emas.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют