» » “O‘zbekiston 24” telekanali Ahmadboyning sud jarayonidan maxsus reportaj tayyorladi (video)

“O‘zbekiston 24” telekanali Ahmadboyning sud jarayonidan maxsus reportaj tayyorladi (video)


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida 16-avgust, chorshanba kuni Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari tomonidan amalga oshirilgan jinoiy ishlar bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xususan, ular Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish), 188-modda (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-modda (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-modda 2-qismi “a”, “v” bandlari (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) va 243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblanmoqda.

Sud jarayonlari davom etmoqda. Ulardan tayyorlangan reportajni “O‘zbekiston 24” telekanali dasturlarida tomosha qilishingiz mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют