» » Mustaqillik bayrami sabab Bekobodning “Metallurg” klubi Toshkentda mezbon sifatida o‘ynaydigan bo‘ldi

Mustaqillik bayrami sabab Bekobodning “Metallurg” klubi Toshkentda mezbon sifatida o‘ynaydigan bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 18-turidan o‘rin olgan va Bekobod shahrida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan “Metallurg” — “Lokomotiv” uchrashuviga Toshkent mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘yin Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O‘zPFLdan ma’lum qilishlaricha, o‘yin “Metallurg”ning Bekoboddagi stadionida O‘zbekiston Mustaqilligining 26 yilligi tantanalariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani munosabati bilan Toshkentga ko‘chirilgan.

“Mazkur uchrashuv Toshkentda o‘tkazilishiga qaramay, ‘Metallurg’ nominal mezbon sifatida harakat qiladi”, — deyiladi O‘zPFL axborotida.

“Metallurg” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi birinchi davra uchrashuvi ham Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda “temiryo‘lchilar” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” Oliy Ligada o‘tkazilgan 17 tur yakuniga ko‘ra, 39 ochko bilan yakkapeshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi “Qo‘qon-1912” hisobida 30 ochko bor.

“Metallurg” esa 17 uchrashuvdan so‘ng 23 ochko to‘plagan bo‘lib, 10-o‘rindan joy olgan. Jamoa so‘nggi uchrashuvni 12-avgust kuni Bekobodda o‘tkazib, “Mash’al”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют