» » O‘zbekiston milliy termasiga chaqirilgan 14 futbolchi sabab Oliy Liganing uchta o‘yini qoldirildi

O‘zbekiston milliy termasiga chaqirilgan 14 futbolchi sabab Oliy Liganing uchta o‘yini qoldirildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yinga tayyorgarlik yig‘ini o‘tkazishi munosabati bilan, Oliy Liga 19-tur uchrashuvlari taqvimida o‘zgarish yuz berdi.

Mavzuga doir: Samvel Babayan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi 27 futbolchini chaqirdi. Ular orasida “Jubilo Ivata”dagi Fozil Musayev ham bor

O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, turning “Paxtakor” — “Mash’al”, “So‘g‘diyona” — “Nasaf”, “Olmaliq” — “Lokomotiv” o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilgan.

Mazkur uchrashuvlar tegishlicha 25 va 26-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi lozim edi. Qayd etish joiz, 20-avgustdan yig‘inga kirishadigan O‘zbekiston milliy termasi 25-avgust kuni Toshkentda Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston milliy termasi Toshkentga O‘zbekistonda o‘ynaydigan bitta va hozir jamoasi yo‘q ikki futbolchi bilan keladi

Qayd etishlaricha, uchrashuvlar “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” jamoalari iltimosiga ko‘ra qoldirilgan. Ushbu klublar O‘zPFL Reglamentining 4-moddasi 4.24-bandida ko‘zda tutilgan huquqi (“milliy terma jamoaga uch va undan ortiq futbolchilarning chaqirilishi munosabati bilan o‘yinlar sanasini o‘zgartirish”)dan foydalangan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak uchrashuvlarga jami 27 nafar futbolchi chaqirgan bo‘lib, ularning 16 nafari Oliy Liga klublari vakillaridir. Xususan, “Paxtakor”dan olti nafar, “Lokomotiv”dan besh nafar, “Nasaf”dan uch nafar, “Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor”dan esa bittadan futbolchi termadan chaqiruv olgan.

O‘zPFL qoldirilgan uchrashuvlarning qachon o‘tkazilishi yuzasidan qo‘shimcha axborot berishini bildirgan.

Qayd etish joiz, JCh—2018 saralash so‘nggi guruh bosqichi o‘yinlari taqvimi tasdiqlangani va unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi aniq bo‘lganiga bir yildan oshdi. 2017-yilgi Oliy Liga bahslari taqvimi esa yil boshida ishlab chiqilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют