» » O‘zbekistonga ziyorat maqsadida kelayotgan bir qator davlatlarning turistlari uchun viza tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonga ziyorat maqsadida kelayotgan bir qator davlatlarning turistlari uchun viza tartibi soddalashtiriladi


O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvaridan bir qator davlatlarning fuqarolari uchun viza tartibi soddalashtiriladi. Bu Prezidentning 16-avgustdagi “2018—2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi UZ24.

Xorijlik turistlar, jumladan, ziyorat qilish maqsadida kelayotgan turistlar uchun viza va ro‘yxatdan o‘tish tartibotlarini bosqichma-bosqich soddalashtirishga doir takliflar maxsus ishchi guruh tomonidan bir oy muddatda chuqur o‘rganish asosida tayyorlanadi.

Chet davlatlar fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflarni ushbu davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining kon’yunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda muntazam ravishda kiritib boriladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda Malayziya, Indoneziya va boshqa mamlakatlardan O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolarga ziyorat turizm yo‘nalishidagi sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni faollashtish, bu borada kerakli reklama tadbirlarini o‘tkazish, logistika, jumladan, charter reyslarni tashkil etish masalalarini hal etish vazifasi topshirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют