» » Farrux Zokirov O‘zbekiston xalq artistlari klubiga rais etib tayinlandi

Farrux Zokirov O‘zbekiston xalq artistlari klubiga rais etib tayinlandi


Taniqli xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov O‘zbekiston xalq artistlari klubiga rais bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ma’lum qildi.

17-avgust kuni “O‘zbekkonsert” davlat tashkilotida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda bir qator masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, unda O‘zbekiston xalq artistlari klubiga rais ham tayinlangan.

Xabar berishlaricha, xonanda Farrux Zokirov “O‘zbekkonsert” rahbari Azamat Haydarov taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston xalq artistlari klubi raisi bo‘lgan. Mazkur klub O‘zbekistondagi barcha xalq artistlari va xizmat ko‘rsatgan artistlarni birlashtirishi kutilmoqda.

3-avgust kuni mamlakatning ijodkor ziyoli vakillari bilan uchrashgan Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artistlari klubini tashkil etishni taklif qilgan edi.

“Ushbu klub a’zolari muntazam yig‘ilishib, yurtimiz va jahon san’at olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni muhokama qilib borsa, yuqorida tilga olingan kamchilik va muammolarni yechish, yosh iste’dodlar tarbiyasi, madaniyatimizni ravnaq toptirish bo‘yicha yangi g‘oya, tashabbus va takliflar bildirib borsa, o‘ylaymanki, foydadan xoli bo‘lmasdi. Klubning eng faol a’zolari bo‘lgan Xalq artistlarini yil yakuni bo‘yicha e’tirof etib, rag‘batlantirib borishni ham yo‘lga qo‘yish lozim”, — degan edi Prezident.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют