» » “Vazifa — internet uchun limitsiz tariflarni joriy etish”. AKT vazirligi rahbari mobil internetda Tas-IX qachon bepul bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi (video)

“Vazifa — internet uchun limitsiz tariflarni joriy etish”. AKT vazirligi rahbari mobil internetda Tas-IX qachon bepul bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi (video)


Xalqaro press-klubning 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan anjumanida mobil internetdan foydalanish muammolari ham muhokama qilindi. Xususan, jurnalistlar mobil internetda Tas-IX tarmog‘i qachon bepul bo‘lishi haqidagi savol bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatovga murojaat qildi.

Sherzod Shermatov maqsad faqat Tas-IX tarmog‘idan foydalanishni osonlashtirish emas, balki qaysi tarmoqda bo‘lishidan qat’iy nazar, internet uchun limitsiz tariflarni ishlab chiqish bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Bu masala bo‘yicha bir fikrni aytmoqchiman. “Tas-IX bepul, xalqaro internet pullik”, degan qarashlardan voz kechishimiz kerak. Bizning vazifamiz — limitsiz (unlimited) tariflarni joriy etish, shunday tariflarga o‘tish.

Tashqi internet kanali sig‘imini oshirish, boshqa telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Agar to‘liq limitsiz tariflarga o‘tiladigan bo‘lsa, Tas-ix va xalqaro internet haqidagi savollarning o‘zi yo‘qqa chiqadi.

O‘ylaymanki, telekommunikatsiya tarmoqlari yanada rivojlanganidan so‘ng, limitsiz tariflarga ko‘proq o‘tish imkoniyatlari ochiladi.

Sherzod Shermatov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

Ma’lumot uchun, Tas-IX — Toshkentdagi internet orqali ma’lumotlar almashinuv nuqtasi bo‘lib, hozirda O‘zbekiston miqyosida “bepul internet tarmog‘i” deb ham ataladi — simli internetga ulanish xizmatini ko‘rsatuvchi provayderlar Tas-IX’ga ulanish uchun xizmat haqi olmaydi.

Tarmoq 2004-yil oktabrida, internet tezligining o‘sha paytda pastligi (soniyasiga 56 kilobit) sabab beshta internet-provayder tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, hozirda tarmoq ishtirokchilari soni 30 tadan oshgan. Tas-IX’ga limitsiz ulanish asosan simli internetga ulanish xizmatini ko‘rsatuvchi provayderlar tomonidan taqdim etiladi.

O‘zbekiston mobil operatorlari orasida faqat Ucell’da bepul, limitsiz Tas-IX’li internet-paketlar mavjud, boshqa mobil operatorlarda Tas-IX trafikni (cheklangan) alohida, xalqaro trafikni alohida hisoblaydigan maxsus internet-paketlar mavjud.

Mavzuga doir: “Tinchlikni ta’minlash yo‘lida ‘barcha vositalar yaxshi’”. O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlarining so‘zlashuvlarini “boshqalar” eshitib turadimi? (video)

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют