» » Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari tashkil etiladi

Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari tashkil etiladi


Buxoro va Samarqand shaharlaridagi turizm hududlari tajribasi asosida Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari tashkil etiladi. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 16-avgustda imzolangan qarorda bu haqda nazarda tutilgan, deb yozadi UZ24.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tog‘ klasterlari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi.

Tashkil etilayotgan turizm hududlari va tog‘ (tog‘oldi) turizm klasterlariga chet el sarmoyadorlarini jalb qilib, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish uchun O‘zbekistonga yetakchi mehmonxona brendlari taklif qilinadi yoki mamlakatdagi mehmonxona xo‘jaliklarini ularning boshqaruviga topshiriladi.

Andijon viloyati Xonobod shahrida dam olish hududlari, Jizzax viloyati Forish va Arnasoy tumanlarida Aydar-Arnasoy ko‘llari sohilida beshta yangi zamonaviy dam olish hududlari, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va Qarshi shaharlarida to‘rt yulduzli mehmonxonalar, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘ massivida mehmonxona majmuasi barpo etiladi. Shuningdek, Navoiy viloyatida To‘dako‘lning janubiy sohilida ichki turizm va Aydarko‘l sohillarida xorijlik turistlar uchun plyajlar tashkil etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga ziyorat maqsadida kelayotgan bir qator davlatlarning turistlari uchun viza tartibi soddalashtiriladi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют