» » Italiyada jaziramada avtomobilda qoldirilgan bola olamdan o‘tdi

Italiyada jaziramada avtomobilda qoldirilgan bola olamdan o‘tdi


Italiya kasalxonalaridan birida jaziramada avtomobilda qoldirilgan 4 yoshli o‘g‘il bola olamdan o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa Verona yaqinidagi San-Jovanni-Lupatoto shaharchasida 15-avgust, seshanbada, mamlakatda Ferragosto bayrami keng nishonlanayotgan kuni ro‘y berdi. Bayram tashvishlari bilan ovora ota-ona o‘g‘illari yo‘qligini darrov payqamadi, uni qidirishga tushganlarida esa kech bo‘lgandi.

Bola uy yonida, oftob ostida qoldirilgan mashinadan topildi. U hushsiz, og‘ir holatda edi. Bola zudlik bilan kasalxonaga yetkazildi, biroq shifokorlarning urinishlariga qaramay, o‘ziga kelmay vafot etdi. Uning o‘limiga avtomobil salonidagi o‘ta yuqori harorat sabab bo‘lgani bildirildi.

Italiya karabinerlari hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi. Ular dastlab bola ota-onasi tomonidan mashinada unutib qoldirilgani yoki avtomobilga o‘zi chiqqaniga aniqlik kiritish niyatida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют