» » OAV: KXDR Xitoydan oziq-ovqat sotib olishni keskin ko‘paytirdi

OAV: KXDR Xitoydan oziq-ovqat sotib olishni keskin ko‘paytirdi


Xitoydan KXDRga turli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yertkazib berish hajmi so‘nggi oylarda keskin o‘sdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xususan, joriy yilning ikkinchi choragida KXDR xitoy makkajo‘xorisini sotib olishni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 baravarga oshirib, 400 tonnadan 12,72 ming tonnaga yetkazdi. O‘tgan yilning shu davrida 63,4 tonna banan sotib olingan bo‘lsa, bu yil uning miqdori 1,16 ming tonnaga yetgan.

Alkogol mahsulotlari hajmi 4 baravardan ko‘proq oshib, 9,5 million litrga yetgan. Shuningdek, Xitoydan KXDRga eksport qilinayotgan boshqa mahsulotlarning hajmi ham sezilarli darajada oshgan.

“Bu iqtisodiyoti doimiy qayta tiklanayotgan Shimoliy Koreya bozoridagi talabning oshishi natijasi bo‘lishi mumkin”, — deydi Fudan universitetining ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha eksperti Say Szyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Shimoliy Koreya boshqa mamlakatdan mahsulot import qila olmayotgan sharoitda Pxenyanning Pekinga bog‘liqligi o‘sib borayotganini ham ko‘rsatmoqda.

Sidney universiteti mutaxassisi Jastin Xastingning fikricha, oziq-ovqat yetkazib berishning oshgani KXDR aholisi hayot standartlarining yaxshilanganini ko‘rsatmaydi. “Bu turli xildagi mahsulotlar harbiylar va Pxenyandagi boshqaruvchi elita uchun mo‘ljallangan”, — deydi u.

Xalqaro hamjamiyatning KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi kelishuvi mamlakatga oziq-ovqat yetkazib berishga ta’sir qilmadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-08-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют