» » Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari uchun gonorarlar belgilandi

Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari uchun gonorarlar belgilandi


Prezidentning 16-avgustdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat tahlilini Norma keltirdi.

Hujjat bilan Badiiy akademiyaning, uning markaziy apparati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining tuzilmasi tasdiqlandi va muassasaning asosiy vazifalari belgilandi.

Unga ko‘ra, Badiiy akademiyaning raisi maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha — vazirga, uning o‘rinbosari va bosh ilmiy kotib — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

Kelasi yil boshidan boshlab Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt barobari miqdorida oylik gonorar to‘lash tizimi joriy qilinadi. Bundan tashqari, Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolariga belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hududida Badiiy akademiya uchun bino quriladi. Unda rassomlar uchun tajriba ustaxonalari ochiladi.

Madaniyat vazirligi qoshida Badiiy ekspertlar kengashini tashkil etiladi. Uning vazifasi mamlakat muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilashdan iborat.

Kelgusi yildan boshlab Madaniyat vazirligiga yuqorida ko‘rsatilgan asarlarni sotib olish uchun har yili davlat budjetidan 1 milliard so‘m va “O‘zvinosanoatxolding” kompaniyasining tashabbusi bilan xayriya asosida 1 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Ular Badiiy ekspertlar kengashi xulosasiga binoan sotib olinadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют