» » Barselonadagi terakt oqibatida kamida uch kishi qurbon bo‘ldi

Barselonadagi terakt oqibatida kamida uch kishi qurbon bo‘ldi


Ispaniya politsiyasi Barselona markazida furgonning piyodalar ustiga bosib borganini terakt deb hisoblaydi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AFP’ning qayd etishicha, hodisa oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan; jabrlanuvchilarning aniq soni ma’lum emas.

17-avgust kuni kunduzi Barselonaning mashhur piyoda ko‘chalaridan biri — Ramblada furgon haydovchisi odamlar ustiga bosib bordi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, furgon ichidan ikki kishi chiqqan va yaqin oradagi restoranlardan biriga kirib ketgan.

Politsiya hodisa yuz bergan hududni o‘rab olgan va odamlardan bu hududga yaqinlashmaslikni so‘ragan.

Shuningdek, yaqin atrofdagi metro bekatlari ham yopilgan. BBC News xabariga ko‘ra, Rambla ko‘chasi yaqinidagi qahvaxona va do‘konlar ham yopilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют