» » Sirdaryoda 32 oilaga mo‘ljallangan ikki qavatli ikkita uy foydalanishga topshirildi

Sirdaryoda 32 oilaga mo‘ljallangan ikki qavatli ikkita uy foydalanishga topshirildi


O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligi arafasida Sirdaryo viloyatining Guliston tumani Dehqonobod shaharchasidagi Namuna mahallasida 32 oilaga mo‘ljallangan ikki qavatli ikkita uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Viloyatda yil oxiriga qadar yana oltita shunday uy foydalanishga topshiriladi. Shahar va tumanlardagi bo‘sh turgan binolar qayta ta’mirdan chiqarilib, 2017–2018-yillarda uy-joyga muhtoj oilalarga berilishi ham nazarda tutilgan.

Shu kuni Guliston shahridagi “Navro‘z” to‘yxonasida 31 nafar nogiron va ehtiyojmand fuqaroga arzonlashtirilgan yangi uylarning boshlang‘ich badali Prezident tomonidan to‘langani to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. 34 fuqaroga nogironlar aravachasi, eshitish moslamasi va boshqa vositalar berildi.

Tadbirlarda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют