» » Prezident ichki ishlar organlari vakillari bilan soha islohotlarini muhokama qildi

Prezident ichki ishlar organlari vakillari bilan soha islohotlarini muhokama qildi


17-avgust kuni Toshkentda Shavkat Mirziyoyev raisligida ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Unda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, qator vazirlik idoralar rahbarlari, shuningdek, videoselektor orqali Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, jamoat tashkilotlari, ichki ishlar organlarning tarkibiy bo‘linmalari mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Hisobot davrida voyaga yetmagan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish 12,8 foiz, ayollar jinoyatchiligi 3,84 foiz kamayishiga erishildi.

Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik institutlari bilan birgalikda olib borilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlari natijasida 1765 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Jamoat joylarida o‘rnatilgan 114 mingdan ortiq videokuzatuv moslamalaridan foydalangan holda Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qariyb 10 minga yaqin jinoyatlar fosh etildi.

Shu bilan birga, tahlillar ayrim hududlarda ishlar xo‘jako‘rsinga, faqat qog‘oz uchun bajarilayotganini, buning oqibatida vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmayotganini ko‘rsatmoqda.

Davlat rahbari Ichki ishlar vazirligi rahbariyati faqat sodir etilgan jinoyatlar va ularning ochilish darajasi haqida axborot berish bilan cheklanib qolayotganini, hududlarda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, ularning samaradorligini tanqidiy tahlil qilish, joylarda ichki ishlar organlari faoliyatini muntazam muvofiqlashtirib borish kabi masalalarga jiddiy e’tibor bermayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

Ayrim hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni barvaqt aniqlash ishlari qoniqarli emas. Masalan, respublika bo‘yicha jinoyatchilik ko‘rsatkichlari kamaygan, lekin Samarqand viloyatida oshib ketgan. Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari ko‘paygan.

Joylarda profilaktika masalasiga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Masalan, Samarqand viloyatida sodir etilgan 49 ta qotillikdan 14 tasi, Jizzax viloyatida o‘ntadan to‘rttasi, Navoiy viloyatida o‘ntadan uchtasi, Qashqadaryoda 30 tadan oltitasining oldini olish uchun to‘liq imkoniyatlar mavjud bo‘lgan — mahalla faollari va profilaktika inspektorlari muayyan jinoyat ehtimolidan boxabar bo‘lsa-da, biror chora ko‘rmagan.

Majlisda Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura mutasaddilarining hisobotlari tinglandi.

So‘zga chiqqanlar Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari muhokomadan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olib, majlisda ko‘tarilgan va sohadagi mavjud boshqa kamchiliklarni bartaraf etish yo‘lida astoydil sa’y-harakat qilishlarini ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют