» » O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq jinoyat fosh etilmay qolmoqda

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq jinoyat fosh etilmay qolmoqda


Bugungi kunda O‘zbekistonda 3186 ta jinoyat fosh etilmay qolmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida ichki ishlar organlari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytildi, deb xabar beriladi Prezidentning rasmiy saytida.

Majlisda jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilarni topish va ushlash borasidagi ishlar tanqid qilindi. Bugungi kunda 3186 ta jinoyat fosh etilmagan, qidiruv e’lon qilingan 15958 jinoyatchidan atigi 5250 nafari ushlangan. Shu bois Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bu sohada ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qilib, axborot berishi belgilandi.

Prezident qayd etganidek, barcha kamchiliklar avvalo zamirida ichki ishlar organlarida kadrlar tanlash, joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash bo‘yicha ishlar ahvolining qoniqarsizligi bilan bog‘liq. Joriy yilda ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan 223 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, 462 xodim intizomiy jazoga tortilgani buning yaqqol tasdig‘idir.

Shu bilan birga, ichki ishlar organlari xodimlari sodir etgan jinoyatlar yashirish, ro‘yxatga olmaslik holatlari kuzatilmoqda. Bu qog‘ozda jinoyat ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda pasaytirishga, o‘z xodimlarini himoyalashga urinishdan boshqa narsa emas.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют