» » Nazarboyev: qozoq tilining lotin yozuviga o‘tishi rus tilidan voz kechishni anglatmaydi

Nazarboyev: qozoq tilining lotin yozuviga o‘tishi rus tilidan voz kechishni anglatmaydi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tilining lotin yozuviga o‘tishi respublika rus tilini qo‘llashdan bosh tortishini bildirmasligini aytdi, deb yozadi “TASS”.

“Lotin yozuviga o‘tish rus tilidan, kirill alifbosidan voz kechamiz, degani emas. Qozog‘istonning rus tilida so‘zlashuvchi fuqarolari uchun chiqariladigan nashrlarning barchasi o‘z holicha qoladi”, — deya ta’kidladi Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Nazarboyevning “Yegemen Kazaxstan” gazetasidagi mualliflik maqolasida lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari boshlanishi, hukumat qozoq tilini lotin alifbosiga o‘tkazish grafigini tuzishi kerakligi haqida yozilgandi.

“2018-yildan yangi alifboni o‘qitish uchun mutaxassislar tayyorlansin va o‘rta maktab uchun darsliklar chiqarilsin. Yaqin ikki yilda tashkiliy va uslubiy ishlar olib borilishi kerak”, — deb yozgandi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют