» » Ispaniyada Barselonadagi terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi

Ispaniyada Barselonadagi terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi


Barselona markazidagi terakt qurbonlari xotirasiga Ispaniyada uch kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mariano Raxoy ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Bizni motam hamda bizning qadriyatlarimizni va bizning hayot tarzimizni oyoqosti qilganlarni yengish qat’iyati birlashtiradi”, — dedi bosh vazir, terrorizm global tahdid ekanligi, unga javob ham global bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilar ekan.

Barselonada 17-avgust kuni terakt yuz berdi: shaharning piyodalar yuradigan asosiy ko‘chasi — Ramblada yuk mashinasi katta tezlikda piyodalar ustiga bostirib bordi. 13 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют