» » Maxset O‘temuratov: Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artistlarning ko‘pchiligi bu nomga noloyiq

Maxset O‘temuratov: Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artistlarning ko‘pchiligi bu nomga noloyiq


O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Maxset O‘temuratov bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat qilib kelayotgan hamda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga loyiq ko‘rilgan xonandalarning birortasi ham bu nomga munosib emasligi haqida gapirdi. Bu haqda “KRuz.uz” ma’lum qildi.

2010-yildan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan xonandalarning ko‘pchiligida 3-4 ta qo‘shig‘ini inobatga olmaganda, hatto o‘zining repertuari ham yo‘q. Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artistlarning har biri, yakka o‘zi har bir tumanda “o‘zining yakka konsertingni berasan”, degan topshiriq bo‘lganida hammasi bilinar edi. O‘sha xizmat ko‘rsatgan artist 2 soat davomida, bir o‘zi konsert bera olarmikan.

Maxset O‘temuratov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist 

Xonandalar unvonni oqlashi uchun nima qilishlari kerak degan savolga xonanda quyidagicha javob qaytargan:

O‘z ustida ishlashi kerak, repertuarini boyitishi lozim. Shu unvonni xalqimiz rahbarlari nima uchun sizga berdi? O‘ziga o‘zi savol berishi kerak. Nima uchun berdi? Men nima qilishim kerak? Xizmat qilish kerak. Qanday xizmat qilish kerak? Borib 10 xonanda ichida xizmat qilish kerak emas. Tumanlarga borsin. Eng chekka tumanlarga borib bir o‘zi 2 soat konsert bersin qani.

Maxset O‘temuratov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют