» » Janubiy Koreya prezidenti: AQSh Seul bilan kelishmay KXDRga qarshi jangovar harakatlarni boshlamaydi

Janubiy Koreya prezidenti: AQSh Seul bilan kelishmay KXDRga qarshi jangovar harakatlarni boshlamaydi


Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi muloqot tiklanishi lozim. Bu haqda mamlakat prezidenti Mun Chje In davlat rahbari lavozimidagi 100 kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Muloqot qaytadan boshlanishi zarur. Biroq besabr bo‘lish yaramaydi. O‘nlab yillar mobaynida uzilgan aloqalarni tiklash uchun vaqt va ancha-muncha urinish talab etiladi”, — ta’kidladi Janubiy Koreya prezidenti.

Mun Chje In o‘z chiqishi davomida AQSh Janubiy Koreya bilan kelishmay KXDRga nisbatan jangovar harakatlarni boshlamasligiga ishontirdi.

“AQSh va prezident Donald Tramp Janubiy Koreya bilan KXDRga nisbatan amalga oshirish niyatida bo‘lgan har qanday hatti-harakatlarni muhokama etishga rozi bo‘ldi. Umuman olganda, Koreya yarim orolida endi hech qachon urush bo‘lmaydi”, — dedi Mun Chje In.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют