» » Dunyoning eng badavlat 12 ayoli qanday ko‘rinishga ega va nima bilan shug‘ullanadi?

Dunyoning eng badavlat 12 ayoli qanday ko‘rinishga ega va nima bilan shug‘ullanadi?


Badavlat ayollar haqida eshitganimizda ko‘z o‘ngimizda mashhur aktrisa, top-modellar va badavlat erkaklarning rafiqalari gavdalanadi.

AdMe bunday qarashlarni o‘zgartirish va shaxsiy millionlari, hatto milliardlariga ega bo‘lgan ayollar bilan tanishtirishga qaror qildi.

Yoshi: 58 da

Boyligi: 10 million dollar

Sheyxa Moza bint Naser al-Misned Qatar amirining ikkinchi xotini va yetti nafar bolaning onasi. U nafaqat mamlakatning siyosiy va jamoat hayotida faol ishtirok etadi, balki fan va texnologiyaning rivojlanishiga ham e’tibor qaratadi. Bir nechta sharafli doktorlik unvonlariga ega Sheyxa Moza sayyoraning eng nazokatli birinchi xonimlaridan biri nomiga ham sazovor bo‘lgan.

Yoshi: 35 da

Boyligi: 740 million dollar

Donald Trampning katta qizi otasining pullariga ishonib yashashi ham mumkin edi, biroq o‘z millionlarini ishlab topishga qaror qildi. Ivanka bir nechta firmalarga ega, muvaffaqiyatli biznes yuritmoqda, teleko‘rsatuvlarda ishtirok etadi va hatto kitob yozgan. Bo‘sh vaqtlarini oilasiga bag‘ishlaydigan Ivanka Tramp o‘zi uchun ham vaqt ajratishga muvaffaq bo‘ladi. Buni uning 35 yoshidagi hashamatli ko‘rinishi ham tasdiqlaydi.

Yoshi: 54 da

Boyligi: 3,4 milliard dollar

Pansi Xo — Xitoydagi o‘yin imperiyasi sohibi Stenli Xoning qizi. Pansining 16 nafar aka-singillari bor, biroq faqat u shaxsiy milliardlarini ishlab topdi. Bugun uning boyligi otasinikidan ancha ko‘p.

Yoshi: 55 da

Boyligi: 5,3 milliard dollar

Dunyodagi eng boy rus ayoli — Margarita Lui-Dreyfusning asli familiyasi Bogdanova. Erining o‘limidan so‘ng u kompaniya va  “Olimpik” futbol klubini meros sifatida oldi. Bugungi kunda u shaxsiy kompaniyasida bosh direktor vazifasini bajaradi. Shuningdek yana turmushga chiqqan va ikki farzandini tarbiyalamoqda.

Yoshi: 66 da

Boyligi: 5,3 milliard dollar

Kerri erining o‘limidan so‘ng bir necha milliard dollarga ega bo‘ldi. Guberta Perrodoga eng yirik neft kompaniyalaridan biri tegishli edi. Endi kompaniyani ularning o‘g‘li boshqarmoqda, Kerri esa xayriya ishlari bilan mashg‘ul va o‘zining 66 yoshida ajoyib ko‘rinishga ega.

Yoshi: 31 da

Boyligi: 5,7 milliard dollar

Sharlotta Kaziragi Monako taxtiga sakkizinchi o‘rindagi merosxo‘r. Greys Kellining nabirasi jurnalistika bilan shug‘ullanadi, bo‘sh vaqtini esa ot sportiga bag‘ishlaydi. Sharlotta buvisidan nafaqat qirollik boyligi, balki yorqin ko‘rinishni ham meros qilib olgan.

Yoshi: 68 da

Boyligi: 6,1 milliard dollar

Wal-Mart dunyoviy tarmog‘i merosxo‘ri bevasi uzoq vaqt davomida sayyoraning eng badavlat odamlari yigirmaligiga kirgan. Bugungi kunda Kristi Uoltonning boyligi biroz kamaygan, biroq u dunyoning eng mashhur ayol-filantropligicha qolmoqda.

Yoshi: 74 da

Boyligi: 13,7 milliard dollar

Ayris Fontbona daromadini turmush o‘rtog‘i o‘limidan so‘ng qo‘lga kiritganlardan biri. Eng boy chililik ayol bo‘lgan Ayris 74 yoshida oilaviy biznesiga rahbarlik qiladi.

Yoshi: 53 da

Boyligi: 20 milliard dollar

Apple kompaniyasi asoschisining bevasi tobora ko‘proq jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Erining o‘limidan so‘ng aksiyalarni qo‘lga kiritgan Loren Pauell Jobs sayyoraning badavlat ayollari ro‘yxatida yetakchi o‘rinlardan birini egalladi, ishlarni yuritishni davom ettirdi va xayr-ehson ishlariga jiddiy kirishdi.

Yoshi: 55 da

Boyligi: 22,5 milliard dollar

Syuzanna Klatten akasi bian birga BWM aksiyalarining yarmiga egalik qiladi, bundan tashqari farmatsevtik kompaniyasiga rahbarlik qiladi. Germaniyaning eng badavlat ayoli biznesni muvaffaqiyatli yuritib, bo‘sh vaqtini oilasi davrasida o‘tkazadi.

Yoshi: 67 da

Boyligi: 38,7 milliard

Wal-Mart tarmog‘i asoschisining qizi ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini egalladi. Elis san’at bilan mashg‘ul va o‘z kolleksiyasini to‘plash bilan shug‘ullanadi. U, shuningdek, 2011-yilda Amerika san’ati muzeyini ochdi.

Yoshi: 94 da

Boyligi: 43,1 milliard dollar

Keksa yoshiga qaramasdan, L’Oreal imperiyasi merosxo‘ri ishlashda davom etmoqda va shaxsiy xayriya jamg‘armasi bilan shug‘ullanadi. O‘zining 94 yoshida Lilian Bettankur nafaqat dunyoning eng badavlat ayoli, balki qirolicha kabi ko‘rinish sohibi hamdir.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют