» » Buxoro viloyati hokimi: Shifokorlar ham, o‘qituvchilar ham paxta terimiga chiqmaydi

Buxoro viloyati hokimi: Shifokorlar ham, o‘qituvchilar ham paxta terimiga chiqmaydi


Xalqaro press-klubning Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan sayyor sessiyasida Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev 2017-yilgi paxta yig‘im-terimiga kimlar chiqmasligini aytib o‘tdi.

Sessiya davomida XPK raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev viloyat o‘qituvchilari nomidan kelib tushgan paxta yig‘im-terimiga doir savollarni o‘qib eshittirdi.

“Har yili hududimizdagi maktab o‘qituvchilari majburiy hasharga jalb etiladi. Bu ta’lim sifatiga ta’sir qiladi. Qachon hamma o‘z vazifasini bajaradi?”, — deb savol bergan olotlik oliy ma’lumotli o‘qituvchilardan biri.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev savolga javob berarkan, so‘nggi yillarda ta’lim muassasalari vakillarini paxta yig‘im-terimiga jalb etilishi holatlari sezilarli kamayganini qayd etib o‘tdi.

Paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlanyapti. Avvallari terimga birinchi bo‘lib maktab, kollej vakillari chiqardi, so‘nggi yillarda ular terimga chiqayotgani yo‘q.

Bu yildan institutlarning vakillarini ham terimga chiqarmayapmiz. Sog‘liqni saqlash tizimi vakillari ham, xalq ta’limi tizimi vakillari ham paxtaga chiqmaydi.

O‘ktam Barnoyev, Buxoro viloyati hokimi

Avvalroq O‘ktam Barnoyev Buxoroda go‘sht narxi yil oxirigacha 25 ming so‘mdan oshmasligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют