» » Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri faollari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri faollari bilan uchrashdi


Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shahardagi “Metallurg” madaniyat saroyida shahar faollari, yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zAning xabar berishicha, uchrashuvda Bekobod shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, yoshlar bandligini ta’minlash, ta’lim tizimini takomillashtirish, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” faoliyatini yanada rivojlantirish va boshqa masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi davomida “Toshkent—Bekobod” yo‘nalishi bo‘ylab elektrichka qatnovini yo‘lga qo‘yish haqida topshiriq bergani, shaharda qurilajak yangi turar joy massiviga “Mustaqillikning 27 yilligi” deb nom berishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 
— Shavkat Mirziyoyev Bekobodda quriladigan yangi massivga “Mustaqillikning 27 yilligi” deb nom berishni taklif qildi
— “Toshkent—Bekobod” yo‘nalishi bo‘yicha elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют