» » UTair aviakompaniyasining 55 yo‘lovchisi samolyot almashtirilgani sababli Toshkent—Moskva reysidan qolib ketdi

UTair aviakompaniyasining 55 yo‘lovchisi samolyot almashtirilgani sababli Toshkent—Moskva reysidan qolib ketdi


UTair aviakompaniyasining ( Rossiya) 50 dan ortiq yo‘lovchisi 17-avgust, payshanba kuni samolyot almashtirilgani sababli Toshkent—Moskva reysi bo‘yicha uchib ketolmadi. Bunday vaziyat 18 va 19-avgust kunlari ham takrorlanishi kutilmoqda, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Jadvalga ko‘ra, aviakompaniyaning 806-reysi 17-avgust kuni 249 ta o‘rni bo‘lgan Boeing 767 samolyotida amalga oshirilishi kerak edi, biroq buning o‘rniga 186 o‘rinli Boeing 737 uchib keldi. 55 nafar yo‘lovchi aeroportda qolib ketdi.

Ulardan 40 nafariga 50 ming so‘mdan tovon puli berildi, qolganlarga mehmonxonadan joy ajratildi.

18-avgust, juma kuni vaziyat takrorlanishi kutilmoqda —Boeing 767 o‘rniga Boeing 737 uchib keladi. UTair O‘zbekiston aviatsiya mutasaddilaridan qolgan yo‘lovchilarni olib ketish uchun 20-avgust, yakshanba kuni qo‘shimcha aviareysga ijozat so‘radi.

Samolyotlarning almashtirilishi sabablariga aniqlik kiritilmadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют