» » Barselonada teraktlar qurbonlari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi

Barselonada teraktlar qurbonlari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi


Kataloniyadagi teraktlar qurbonlari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim Barselonadagi Katalunya maydonida tush payti o‘tkazildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Maydon atrofiga minglab odamlar to‘plandi. Marosimda Ispaniya qiroli Falipe VI, mamlakat hukumati raisi Mariano Raxoy, Kataloniya rahbari Karles Puchdemon, Barselona meri Ada Kolau, Ispaniya siyosiy partiyalari yetakchilari ishtirok etdi.

Bir daqiqalik sukut oxirida aksiya ishtirokchilari “Men qo‘rqmayman!”, deya hayqirdi.

Marosimda mislsiz xavfsizlik choralari ko‘rildi. Politsiya unda ishtirok etishni istaganlarga Katalunya maydoniga piyoda va katta sumkalarsiz kelishni tavsiya qildi.

Ispaniyada 18-avgustdan boshlab uch kunlik motam e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniyadagi teraktlar oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq odam jabrlandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют