» » BMT Xavfsizlik kengashi Ispaniyadagi hujumlardan so‘ng terrorizmga qarshi kurashni faollashtirishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Ispaniyadagi hujumlardan so‘ng terrorizmga qarshi kurashni faollashtirishga chaqirdi


BMT Xavfsizlik kengashi Barselonadagi teraktni qoralab chiqdi. 17-avgust, payshanba kuni qabul qilingan bayonotda mazkur hujum “vahshiyona va qabih” deb atalgan, deya xabar beradi “TASS”.

“Xavfsizlik kengashi a’zolari Ispaniya bilan birdamlik izhor etdi. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro harakatlarni faollashtirish zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi bayonotda.

Xavfsizlik kengashi hujum tashkilotchilari va homiylarini topish hamda javobgarlikka tortishga chaqirdi. Xalqaro huquq me’yorlariga binoan, ushbu terakt tafsilotlarini tekshirishda Ispaniya rasmiylari bilan hamkorlik qilish majburiyati barcha davlatlar zimmasida ekanligini eslatdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-08-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют