» » Abdulaziz Komilov qirg‘izistonlik hamkasbi bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov qirg‘izistonlik hamkasbi bilan uchrashdi


16-avgust kuni O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi tarkibida Bishkekka tashrif buyurgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qirg‘izistonlik hamkasbi Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozigi holati va istiqbollari, 2016-yil dekabr oyida Samarqand shahrida va 2017-yil iyun oyida Ostona shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov raisligida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha va davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston–Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalari majlislarining samarali yakunlari vazirlar tomonidan yuqori baholandi.

Hukumat rahbarlari uchrashuvlarda yangicha dinamika kasb etgan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirish hamda transport, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan, turizm sohalarida aloqalarni chuqurlashtirishga kelishib oldi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari oliy darajada bo‘lib o‘tadigan tashrifning sanasi va kun tartibi yuzasidan fikr almashdi.

Abdulaziz Komilov Erlan Abdildayevni joriy yilning noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligida O‘zbekiston tomonidan o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha xalqaro konferensiya ishida ishtirok etishga rasman taklif etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют