» » Abdulaziz Komilov Portugaliya tashqi ishlar vaziriga maktub yo‘lladi

Abdulaziz Komilov Portugaliya tashqi ishlar vaziriga maktub yo‘lladi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Portugaliya bilan diplomatik munosabat o‘rnatilishining 25 yilligi munosabati bilan ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Augusto Santos Silvaga maktub yo‘lladi. Maktub matni TIV matbuot xizmati tomonidan keltirildi.

“Men Sizni muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi va Portugaliya Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ulkan mamnuniyat ila tabriklayman”, — deyiladi maktubda.

“O‘zbekiston Portugaliyani Yevropadagi muhim sherik deb hisoblaydi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yuqori baholaydi. O‘zbekiston o‘zaro tashriflar amaliyoti va Portugaliya bilan siyosiy va parlamentlararo yo‘nalishda, iqtisod, madaniyat va turizm sohalarida munosabatlarni yanada izchil kengaytirishni davom ettirish tarafdori”.

“Aminmanki, o‘zaro hurmat va manfaatlarni birdek inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi sheriklik bizning xalqlarimiz farovonligi yo‘lida kelgusi yillarda ham mustahkamlanishda davom etadi”, — deb so‘ziga yakun yasadi Abdulaziz Komilov.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют