» » Mufasa va Skar aka-uka bo‘lmagan — “Qirol sher” mualliflari 23 yildan so‘ng buni ma’lum qildi

Mufasa va Skar aka-uka bo‘lmagan — “Qirol sher” mualliflari 23 yildan so‘ng buni ma’lum qildi


“Qirol sher” multfilmining rejissori Rob Minkoff va prodyuseri Don Xan Hello Giggles saytiga bergan intervyuda kartina qahramonlarining kelib chiqishi haqidagi sirni ochdi, deb yozmoqda TJournal.

Ularning ma’lum qilishicha, asosiy qahramonning otasi Mufasa va yovuz Skar hech qachon genetik aka-uka bo‘lmagan. Mufasa va Skar uzoq vaqt bitta to‘dada yashagan ikkita sher bo‘lib, o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan.

Yovvoyi tabiatda to‘daboshi qariydi va to‘dada begona paydo bo‘lib, uni o‘ldiradi. Keyin urg‘ochi sherlar undan sherbachchalarni dunyoga keltiradi. Amaldagi boshliqni o‘ldiradigan yosh sher to‘dada rahbarlikni qo‘lga oladi.

Rob Minkoff va Don Xan, “Qirol sher” multfilmining rejissori va prodyuseri

Mualliflarning qo‘shimcha qilishcha, ikkita o‘zaro noteng sherni qarama-qarshi qo‘yish orqali dramatik chiziq hosil qilingan: biri tan olingan to‘daboshi, ikkinchisi har doim soyda qolib ketgan. Ularning qayd etishicha, Skarning kelib chiqishi turlicha bo‘lgan sherlarga ishora qiluvchi gapi ham bo‘lgan.

Ikki aka-ukaning Simbaning qirol bo‘lishi haqidagi suhbati aks etgan sahnada Skar Mufasaga orqa qiladi, Mufasa bunga salbiy munosabat bildiradi va undan bu chorlovmi yoki yo‘qligini so‘raydi. Skar unga “aql bobida menga parvardigor benazir ulush nasib etgan, ammo tabiat meni ilohiy kuchdan ancha siqib qo‘ygan”, deydi,

Bu sahna ko‘p bor muhokama qilingan, ammo mualliflar bunga hech qanday aniq tushuntirish bermagan. Multfilm ishqibozlari Mufasa va Skar qarindosh ekanligiga ishongan, biroq ular bir-birini hech qachon aka-uka deb atamagan.

Mutfilm haqidagi qo‘shimcha materialda mualliflar “Gamlet”dan ilhomlangani va shuning uchun Skarni Mufasaga uka va Simbaga esa amaki qilishga qaror qilishgani haqida gapirgan. Skar Mufasani pastga otib yuborayotgan sahnada original ssenariy bo‘yicha, u “Xayrli tun, sevimli shahzoda” deyishi kerak bo‘lgan, biroq mualliflar uni “Yashasin qirol” bilan almashtirishga qaror qilgan.

29-avgustda Disney “Qirol sher”ning qo‘shimcha material bilan birga yangi talqinini taqdim etadi. Unda multfilmga ovoz berish jarayoni, mualliflarning izoh va intervyulari bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-08-2017, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют