» » Kambrilsda bo‘lgan hujumda bir politsiyachi to‘rt terrorchini otib tashladi

Kambrilsda bo‘lgan hujumda bir politsiyachi to‘rt terrorchini otib tashladi


Barselonada terakt yuz berganidan so‘ng 18-avgustga o‘tar kechasi Kataloniyaning Kambrils shahrida ikkinchi hujum uyushtirildi. Beshta terrorchi mashinada piyodalar ustiga bosib borishni boshlagan, biroq ular otib tashlangan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ularning to‘rt nafarini bir politsiyachi otib tashlagan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Hujum qilayotganlar qirg‘oq bo‘ylab Audi 3 mashinasida harakatlangan. Mashina chorrahada politsiya tomonidan o‘rnatilgan postga borib urilishidan oldin to‘rt kishini urib ketishga ulgurgan. Ichida terrorchilar bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketgan.

To‘qnashuvda bir politsiyachi oyog‘i va boshidan jarohat olgan. Terrorchilar mashinadan chiqib, o‘tib ketayotgan odamlarga pichoq, machete va bolta bilan hujum qilishga uringan. Hujum qilayotganlar portlovchi belbog‘ni eslatuvchi kiyim kiygan.

Shu paytda ikkinchi politsiyachi to‘pponchadan o‘t ochishni boshlagan. U to‘rt terrorchini o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan. Qo‘lida sovuq qurol bo‘lgan terrorchi “Allohu akbar” deb baqirib, politsiyaning “Yot” degan buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgan.

Beshinchi terrorchi qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan. U keksa ayolning boshiga jarohat yetkazgan. Ayol keyinroq kasalxonada vafot etgan. Jinoyatchini yaqin atrofda bo‘lgan boshqa politsiya otryadi otib tashlagan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ldirilgan terrorchilardan biri Barselonada mashinani olomon ustiga haydagan haydovchi bo‘lishi mumkin.

Vafot etgan ayol va jarohatlangan politsiyachidan tashqari, Kambrilsdagi hujumda yana besh kishi jabrlangan. To‘rt nafar terrorchini o‘ldirgan politsiyachining ismi oshkor qilinmayapti, biroq uning psixologga yordam so‘rab murojaat qilgani ta’kidlanmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют