» » Sеnatorlar O‘zbеkistonda 2 ta yangi bayramni bеlgilash haqidagi qonunni ko‘rib chiqadi

Sеnatorlar O‘zbеkistonda 2 ta yangi bayramni bеlgilash haqidagi qonunni ko‘rib chiqadi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosiga qaratilgan O‘zbekistonning bir qator qonunlari kiritilmoqda.

Yalpi majlisda senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, yalpi majlisning kun tartibiga Toshkent viloyatining To‘ytepa, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi masalalar ham kiritildi.

Bundan tashqari, yalpi majlisda senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash haqidagi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ayrim rahbarlariga parlament so‘rovi yuborish, shuningdek, parlament so‘rovi natijalari haqidagi masalalarni ham ko‘rib chiqadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют