» » Tramp AQShning Afg‘onistondagi maqomi bo‘yicha muhim qaror qilganini bildirdi. Biroq qaror tafsilotlarini e’lon qilmadi

Tramp AQShning Afg‘onistondagi maqomi bo‘yicha muhim qaror qilganini bildirdi. Biroq qaror tafsilotlarini e’lon qilmadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasi orqali Afg‘oniston bo‘yicha muhim qaror qabul qilganini bildirdi, biroq qarorining tafsilotlarini ma’lum qilmadi.

“Kemp-Devidda iqtidorli generallarimiz va harbiy yetakchilarimiz bilan birga muhim bir kunni o‘tkazdim. Ko‘plab qarorlar qabul qildik, xususan, Afg‘oniston masalasida ham”, — deb yozdi Tramp.

Ayni vaqtda, Amerika yetakchisi bu qarorlar nimalardan iborat ekanini bayon qilganicha yo‘q.

Xabar berishlaricha, AQSh Afg‘oniston bo‘yicha keyingi strategiyani belgilab olishga harakat qilmoqda. Tramp shu sababli ham Afg‘oniston va boshqa maslalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.

Hozirgi vaqtda Afg‘onistonda AQSh harbiy kontingenti bo‘lib, mamlakat rahbariyati kontingentni oshirish yoki Afg‘onistondan to‘liq olib chiqish haqida bosh qotirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют