» » Venesuela parlamenti o‘zining tarqatib yuborilganini tan olmadi

Venesuela parlamenti o‘zining tarqatib yuborilganini tan olmadi


Venesuela parlamenti — Milliy majlis, prezident Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar tomonidan tuzilgan Ta’sis majlisi mamlakat parlamenti vakolatlarini o‘z zimmasiga olganini e’lon qilganiga qaramay, o‘z ishini davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Ta’sis majlisi haqiqiy emas, uning harakatlari esa — noqonuniy hamda konstitutsiyaga zid. Ta’sis majlisining parlament vakolatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi farmoni Milliy majlis tomonidan ham, xalqaro hamjamiyat va xalq tomonidan ham qabul qilinmaydi”, — deyiladi Milliy majlis axborotida.

Avvalroq AQSh rasmiylari Venesuela Ta’sis majlisining parlament vakolatlarini o‘ziga olishi haqidagi yangi farmoni “hokimiyatni egallab olish” deb baholagan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют