» » Oloy bozoridagi bankomat bir kunda salkam 400 kishiga xizmat ko‘rsatmoqda. To‘polonlarning oldini olish uchun navbatda turganlar ro‘yxatga yozilmoqda

Oloy bozoridagi bankomat bir kunda salkam 400 kishiga xizmat ko‘rsatmoqda. To‘polonlarning oldini olish uchun navbatda turganlar ro‘yxatga yozilmoqda


Toshkentning Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida 14-avgustdan boshlab O‘zbekiston Xalq banki tomonidan o‘rnatilgan, plastik kartadagi mablag‘ni naqdlashtirib beruvchi bankomatlar ishga tushdi.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, har bir bozorga bittadan bankomat o‘rnatilgan bo‘lib, ular oldida katta navbatlar yuzaga kelmoqda.

Mavzuga doir: Video: Qo‘yliq bozoridagi naqd pul bankomatiga navbat

Oloy bozoridagi bankomat oldida navbatlardagi kelishmovchiliklarning oldini olish maqsadida qog‘ozda ro‘yxatlar tuzilmoqda.

Xabar berishlaricha, “Gazeta.uz” muxbiri Oloy bozoriga 15:00 da tashrif buyurgan bo‘lsa, bankomat oldida 30 chog‘li kishi navbatda turgan. Shu kun uchun tuzilgan qog‘ozdagi navbatda esa 329 kishining ismi-sharifi yozilganini ko‘rish mumkin.

“Men 40 daqiqa avval navbatga yozilgan edim. Tushlikka borib keldim, lekin mendan oldinda hali yana 15 kishi bor”, — dedi navbatda turganlardan biri.

Qayd etishlaricha, bankomat 9:00 dan ishlaydi. Hozircha fuqarolar bankomatdan o‘z pullarini Xalq banki xodimi nazoratida olmoqda.

“Bu holat ko‘p davom etmaydi. Dastlabki vaqtlarda odamlarga bankomat bilan ishlashda yordam ko‘rsatish kerak. Keyinchalik bizning bu yerda bo‘lishimizga hojat qolmaydi”, — dedi bank xodimi.

Bankomatdan bir plastik karta vositasida 100 ming so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni naqdlashtirib olish mumkin. Pul mablag‘lari 1000, 5000 va 10 000 so‘mlik kupyuralarda taqdim etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-08-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют