» » Oloy bozoridagi bankomat pul mablag‘lari bir necha marta bozor yopilguniga qadar tugab qoldi

Oloy bozoridagi bankomat pul mablag‘lari bir necha marta bozor yopilguniga qadar tugab qoldi


Toshkentning Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida 14-avgustdan boshlab O‘zbekiston Xalq banki tomonidan o‘rnatilgan, plastik kartadagi mablag‘ni naqdlashtirib beruvchi bankomatlar ishga tushgani haqida avval xabar berilgan edi.

Nomlari zikr etilgan bozorlarga bittadan bankomat o‘rnatilgani va shaharning boshqa nuqtalarida naqdsiz pulni erkin naqdlashtirish imkoni beruvchi boshqa bunday qurilmalari yo‘qligi bois, bankomatlar oldida katta navbatlar yuzaga kelmoqda.

Mavzuga doir:Video: Qo‘yliq bozoridagi naqd pul bankomatiga navbat

Avvalroq Oloy bozoridagi bankomat kuniga salkam 400 kishiga xizmat ko‘rsatayotgani, navbatdagi kelishmovchiliklarning oldini olish maqsadida navbatda turganlarning ro‘yxati qog‘ozga yozib borilayotgani ma’lum qilingan edi.

Bankomatlar 9:00 dan ishga tushadi va ulardan bozorlar yopilguniga qadar foydalanish mumkin. “Ba’zi kunlarda Oloy bozoriga o‘rnatilgan bankomat hisobidagi pul mablag‘lari bozorning ish vaqti yakunlanguniga qadar tugab qoldi, biroq keyin qo‘shimcha pul bilan to‘ldirildi”, — deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-08-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют