» » Iroq Suriya bilan chegaradagi IShID marralariga hujum boshlanganini e’lon qildi

Iroq Suriya bilan chegaradagi IShID marralariga hujum boshlanganini e’lon qildi


Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiy IShID guruhi jangarilarining Suriya bilan chegaradagi so‘nggi eng yirik tayanchi — Tall-Afar shahrini terrorchilardan ozod etish bo‘yicha harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Aziz xalqimiz, Tall-Afarni ozod qilish vaqti keldi”, — dedi u 20-avgust, yakshanba kuni televizor orqali bergan bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq armiyasining barcha pozitsiyalari “Tall-Afar tomonga uni qutqarish uchun yo‘l olmoqda”.

“IShID endi yo taslim bo‘lishi, yo o‘lishi kerak”, — deya ta’kidladi bosh vazir.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют