» » Adabiyotshunos Zuhriddin Isomiddinov: Kirill-lotin muhokamasiga kirishishdan avval, o‘zbek tilini davlat tili qilib olaylik (video)

Adabiyotshunos Zuhriddin Isomiddinov: Kirill-lotin muhokamasiga kirishishdan avval, o‘zbek tilini davlat tili qilib olaylik (video)


“Yoshlar” telekanalida efirga chiqadigan “Yoshlar studiyasi” ko‘rsatuvining so‘nggi soni lotin va kirill yozuvlari muhokamasiga bag‘ishlandi.

Ko‘rsatuvda qatnashgan taniqli adabiyotshunos Zuhriddin Isomiddinov mamlakatning aksariyat aholisi uchun ona tili hisoblangan o‘zbek tilini haqiqiy ma’noda davlat tiliga aylantirib olmaguncha, yozuv borasidagi muhokamalar ikkinchi darajali bo‘lib qolaverishini alohida ta’kidladi.

Avvalo, shu mavzuning televideniyeda ochiq-oydin qo‘yilayotganidan mamnunman. Chunki, yaqin 20 yillardan beri bu taqiqlangandek bir mavzu edi. Bu mavzuda og‘iz ochish yoki muhokama qilishga hech kimga izn berilgan emas. Mana, ukalarimiz bir necha oy avval bu mavzuda yozganman, deb. Men 10 yil avval shu masala bo‘yicha katta bir maqola yozganman. Afsuski, hozirgi qadar bu maqolani chiqarishning imkoni bo‘lgani yo‘q.

Oldimizdagi eng asosiy masala — lotin yozuvimi yo kirill yozuvimi degan masala emas. Bosh masala — ona tilimizni davlat tili qilib olishdir. Tilni davlat tili deb e’lon qilish boshqa, uni ro‘yobga chiqarish boshqa. Qonunni chiqarib qo‘yish mumkin, lekin u ishlamasa — qonunmi?! Men nimani davlat tili deb bilaman? Davlat ishlari qaysi tilda yuritilayotgan bo‘lsa, o‘sha til davlat tili bo‘ladi.

Modomiki, O‘zbekistonimizda davlat idoralari bir-biriga o‘zbek tilida emas, boshqa tillarda xat yozayotgan ekan, o‘zbek tili hali tuzuk-quruq davlat tili bo‘la olmapti, deb afsus bilan e’tirof etishimizga to‘g‘ri keladi. Agar o‘zimiz mustaqil bir davlat bo‘lsagu, boshqa tilda ish yuritsak, chalaroq bo‘lib qolmaydimi? Avvalo shu masalani ko‘rib chiqish kerak.

Ona tilimizni davlat tili qilish — bosh masala bo‘lishi kerak. Ana undan keyin, menga desa, mixxat bilan yozilsin, oromiy bilan yozilsin, arab imlosi bilan yozilsin — u ikkinchi darajali masala

Zuhriddin Isomiddinov, adabiyotshunos

Ayni vaqtda, Zuhriddin Isomiddinov o‘zbek tili uchun kirill alifbosiga asoslangan yozuv nisbatan maqbul, degan fikrda ekanini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq, mamlakatda davlat tili o‘zbek tilidir.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют