» » Reuters: Zimbabvening birinchi xonimi JARni tark etdi

Reuters: Zimbabvening birinchi xonimi JARni tark etdi


Zimbabve prezidenti Robert Mugabening rafiqasi Greys JARni tark etdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Muqaddam ayol ushbu mamlakatda 20 yoshli modelga hujum qilishda ayblangan hamda uning sud oldida javob berishi kutilayotgan edi. Bir muddatdan so‘ng Greys Mugabe diplomatik immunitet talab qilgani ma’lum bo‘ldi.

Greys Mugabe JARni turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda tark etdi. Ular Zimbabve poytaxti Xararega Air Zimbabwe reysi bilan yetib kelgani ma’lum.

Aytilishicha, aynan taqdim etilgan diplomatik immunitet Greys Mugabega sud ta’qibidan qutulish imkonini bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют