» » Surxondaryo hokimi: Viloyat o‘qituvchilari ham, shifokorlari ham paxtaga chiqmaydi (video)

Surxondaryo hokimi: Viloyat o‘qituvchilari ham, shifokorlari ham paxtaga chiqmaydi (video)


Xalqaro press-klubning Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan sayyor sessiyasida paxta yig‘im-terimiga o‘qituvchi va shifokorlarni jalb etish masalasi ko‘tarildi.

Tomoshabinlardan: “Qishloq xo‘jaligi ishlariga o‘qituvchilar jalb etiladimi? Boshqa viloyatlarda bu masalalar hal bo‘lyapti, bizda qanday?”, — degan mazmunda savol tushdi.

Savolga javob berarkan, Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hududdagi faoliyatining birinchi kunidanoq o‘qituvchi va o‘quvchilarni qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etishni tuman hokimlariga taqiqlaganini aytib o‘tdi.

Surxondaryoga hokim bo‘lib kelgan kunimoq barcha hokimlarni yig‘ib, birorta o‘qituvchi va o‘quvchini nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlariga, obodonlashtirish ishlariga ham jalb etmaslik haqida ko‘rsatma berganman.

Qarang, oddiy bir holat: o‘qituvchini majburlab dalaga olib chiqdingiz, rozi bo‘lmay mehnat qildi, bepul. Ularning bari yaxshi paxtani qarg‘ab-qarg‘ab, chopiq qilib ketadi. U paxta ertaga yaxshi bo‘ladimi? Hamma narsa rozichilik bilan bo‘lishi kerak.

Ikkinchi masala: bu yildan paxtaning xarid narxi kamida 40 foizga oshyapti, terim puli oshyapti — paxtani odamlarning o‘zi terib oladi. Agar biz o‘qituvchini dalaga chiqarsak, fermer o‘ta dangasa bo‘lib qoladi. O‘zi terib olsin, o‘rgansin.

2010-yildan beri hokim bo‘lib ishlayman. Bolalar mehnati deb tinmay bong urildi, “Maktab o‘quvchilari paxtaga chiqarilmaydi”, deyildi. “Ularni chiqarmasak, paxtani qanday terib olarkanmiz?”, degan masala paydo bo‘ldi. Yo‘q, o‘quvchilarsiz ham terib olindi. Keyin kollej o‘quvchilarini paxtaga chiqarmaslik bo‘yicha topshiriq bo‘ldi. “Endi qanday bo‘larkan?”, deb o‘zimizga savol berdik, ularni paxtaga chiqarmadik, lekin paxta terib olindi.

Muzrabot tumaniga ham, Qiziriq tumaniga ham borib, hamma fermerlarga aytdim: paxta terilmasa-terilmasin; termasangiz, ketgan xarajatlarni qoplab qo‘ying — paxtani o‘zingiz terib olasiz, deb topshiriq berdim. Odamlarga kundalik terim puli to‘lab turilsa, nima uchun terilmas ekan?

Surxondaryo viloyatida chopiqqa ham, yaganasiga ham, terimiga ham na o‘qituvchi, na o‘quvchi, na tibbiyot xodimi jalb etiladi, umuman, majburlab dalaga chiqarish holati bo‘lishi mumkin emas. Shuni baralla aytmoqchiman: birovga yaxshi ko‘rinish uchun birovni majburlab dalaga olib chiqib, ishlatish — noinsofchilik.

Erkinjon Turdimov, Surxondaryo viloyati hokimi

Avvalroq Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Xalqaro press-klubning sayyor sessiyasidagi chiqishi davomida viloyat o‘qituvchilari va shifokorlari 2017-yilgi paxta yig‘im-terim ishlariga jalb etilmasligini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-08-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют