» » Rossiya HKK Dayr az-Zorga yo‘l olgan IShID jangarilarini yo‘q qildi

Rossiya HKK Dayr az-Zorga yo‘l olgan IShID jangarilarini yo‘q qildi


Rossiya harbiy-kosmik kuchlari Suriyaning Dayr az-Zor shahri tomonga yo‘l olgan IShID terrorchilik guruhi jangarilari kolonnasini yo‘q qildi, deb yozadi “RIA Novosti” Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib.

“Rossiya HKK IShID jangarilarining Dayr az-Zor shahri hududiga yo‘l olgan navbatdagi yirik kolonnasini yo‘q qildi, u yerda xalqaro terrorchilar qaytadan guruhlarga ajralib, o‘zlarining Suriyadagi so‘nggi platsdarmini jihozlashga intilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Rossiya HKK aviatsiyasi yirik kalibrli qurol-yarog‘ va minomyotlar o‘rnatilgan 20 dan ortiq avtomobilni, shuningdek, bronetexnika, shu jumladan, tanklarni yo‘q qilgan. “Bundan tashqari, 200 dan ortiq jangari va o‘q-dori ortilgan og‘ir yukli mashinalar yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.

Harbiy muassasa xabar berishicha, Raqqa viloyatining janubidan va Xoms viloyatining g‘arbidan Suriya qo‘shinlari va Rossiya HKK tomonidan siquvga olingan IShID terrorchilari avgust davomida o‘z kuchlarini Dayr az-Zor viloyatiga qayta to‘plashga harakat qilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют