» » Amerikalik erkak avtomobilida ko‘tarma ko‘prik ustidan sakrab o‘tdi

Amerikalik erkak avtomobilida ko‘tarma ko‘prik ustidan sakrab o‘tdi


Amerikaning Nyu-Jersi shtatida avtomobil ko‘tarma ko‘prik ustidan sakrab o‘tdi, deb xabar berdi Associated Press.

Vest-Deptfor shahri fuqarosi Terens Nafiz ko‘prikdan o‘tayotganida u ko‘tarila boshlagan. Bundan tashqari avtomobilda uning uch nafar oila a’zosi ham bo‘lgan. Ular ko‘prik ko‘tarilganini sezganida juda kech bo‘lgan edi.

Nafiz gazni oxiriga qadar bosgan va ko‘prikning ikkinchi tomoniga borib qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Avtomobil yo‘l qoplamasiga borib urilgan va unga biroz zarar yetgan. Haydovchi va yo‘lovchilar jarohat olmagan.

Politsiya ushbu hodisaga ko‘prik operatori aybdor ekanligini aniqladi. U yaqinlashib kelayotgan kema bilan radio orqali bog‘lana olmasdan ko‘prikni ko‘tarishni boshlab yuborgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan oldin yorug‘lik signalizatsiyasi ishlagan, darvozalar esa yopiq bo‘lgan. U ko‘prikda avtomobil qolmagan deya o‘ylagan, biroq quyoshning qamashtiruvchi shu’lasi sabab bunga ishonch hosil qila olmagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-08-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют