» » Seul KXDRni AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarini tajovuzkor deb hisoblamaslikka chaqirdi

Seul KXDRni AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarini tajovuzkor deb hisoblamaslikka chaqirdi


Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDRdan AQSh—Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishidan fitnalar va mintaqada keskinlikni kuchaytirish uchun foydalanishdan tiyilishni talab etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Ulchi Freedom Guardian mashg‘ulotlari mudofaa ko‘rinishiga ega va har yili o‘tkazilb kelinadi. Bizda Koreya yarim orolidagi vaziyatni murakkablashtirish niyati umuman yo‘q. Pxenyan Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlarning hamkorlikdagi mudofaa mashg‘ulotlarini aynan Shimol tomonidan amalga oshirilayotgan tinimsiz fitnalar tufayli o‘tkazilayotganini tushunishi va bundan vaziyatni yomonlashtirish uchun bahona sifatida foydalanmasligi lozim”, — dedi Mun Chje In.

Janubiy Koreya birlashish ishlari vazirligi ham KXDRga shunday chaqiriq bilan murojaat qildi va “fitnalarni to‘xtatib, imkon boricha tezroq muzokaralar stoliga o‘tirish”ni taklif etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют