» » Sayg‘oq va jayron shoxlarini bojxonadan noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar fosh etildi

Sayg‘oq va jayron shoxlarini bojxonadan noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar fosh etildi


“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l-chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent—Volgograd” yo‘nalishi bo‘yicha hararkatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yo‘lovchilardan biri fuqaro J.To‘xtasinov yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovlari paytida ma’lum qilinmagan 8 dona sayg‘oq va 4 dona jayron shoxlarini yashirin ravishda olib chiqishga uringani fosh etildi, deb xabar berdi Bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Ushbu poyezdning yana bir yo‘lovchisi S.Abduqodirov ham 7 dona sayg‘oq va 7 dona jayron shoxlarini bojxona nazoratidan chetlab o‘tib, olib chiqib ketayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, ushbu qonunbuzarliklar ortidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 97 million so‘mdan oshgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ashyoviy dalil tariqasidan olingan mazkur hayvon shoxlari esa Qoraqalpoq Davlat O‘lkashunoslik muzeyiga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ularning qismlarini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish tabiatni muhofaza qilish organlari beradigan ruxsatnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasidan g‘ayriqonuniy ravishda olib chiqishga urinish chog‘ida ushlab qolingan yovvoyi hayvonlar, shuningdek, ularning qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda olib qo‘yiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют