» » O‘zbekiston va Qozog‘iston birinchi bor o‘zaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston birinchi bor o‘zaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi


O‘zbekiston hamda Qozog‘iston Mudofaa vazirliklari o‘zaro tezkor va jangovar tadbirlarini, jumladan, harbiy ta’lim sohasini o‘z ichiga oluvchi harbiy hamkorlik rejasini imzoladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi saytining ma’lum qilishicha, ushbu hujjat ikki mamlakat harbiy idoralari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi bor qabul qilingan. Hujjat o‘tgan hafta Qozog‘iston mudofaa idorasi general-polkovnigi Saken Jasuzaqovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan. Saken Jasuzaqov Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-polkovnik Qobil Berdiyev bilan uchrashgan edi.

Shuningdek, Qozog‘iston Mudofaa vaziri O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining Qo‘qondagi harbiy qismlaridan biriga tashrif buyurdi. Bundan tashqari u Samarqandga borib O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют