» » O‘zbekistonda import qilinuvchi go‘sht va un aksiz solig‘idan ozod etildi

O‘zbekistonda import qilinuvchi go‘sht va un aksiz solig‘idan ozod etildi


O‘zbekiston Prezidentining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, joriy yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonga olib kiriluvchi go‘sht va go‘sht mahsulotlari, parranda yog‘i, cho‘chqa yog‘i, bug‘doy uni va jonivorlar ozuqasi aksiz solig‘iga tortilmaydi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Ushbu sanadan boshlab saryog‘, soya va kungaboqar yog‘lari, urug‘ mahsulotlari (kartoshka, bug‘doy, meslin, javdar, arpa, jo‘xori, grechixa, soya, zig‘ir, kungaboqar va boshqalar), javdar uni, qattiq bug‘doy yormasi va dag‘al maydalangan uni, shakarqamish shakari, kakao donlari, farmatsevtikada foydalaniluvchi xom ashyo hamda jonivorlarni oziqlantirishga mo‘ljallangan ayrim mahsulotlar uchun nol foizli bojxona boji qo‘llaniladi.

Shuningdek, 1-sentabrdan boshlab ayrim mahsulot turlari uchun bojxona to‘lovlari stavkalari kamaytiriladi. Yirik shoxli qora mol go‘shti va cho‘chqa go‘shti, cho‘chqa yog‘i, parranda yog‘i, go‘sht mahsulotlari, qahva, bug‘doy uni va shakarqamish shakari shular jumlasidan.

Kungaboqar yog‘i, shakarqamish shakari va qahva uchun aksiz solig‘i miqdori ham tushiriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют