» » Chikagoda otishma oqibatida sutka davomida 6 kishi halok bo‘ldi

Chikagoda otishma oqibatida sutka davomida 6 kishi halok bo‘ldi


Chikagoda (Illinoys shtati) bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan otishma holatlari oqibatida sutka davomida olti kishi halok bo‘ldi, 33 kishi yaralandi. Bu haqda 20-avgust, yakshanba kuni Chicago Tribune gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Nashrning ma’lum qilishicha, eng yirik hodisa shahar janubidagi tumanlardan birida yuz bergan, u yerda avtomobildagi noma’lum shaxs tungi klub yonida turgan kishilarga qarata o‘t ochgan. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, olti kishi jabrlangan. O‘t ochgan shaxs hodisa joyidan yashiringan.

Shaharda sutka davomida otishma bilan bog‘liq jami o‘ndan ortiq hodisa yuz bergan.

Aholi soni bo‘yicha AQShda uchinchi o‘rinda turuvchi Chikagoda uyushgan jinoyatchilikning oshishi bilan bog‘liq og‘ir kriminogen vaziyat yuzaga kelgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют