» » GM Uzbekistan’ning Asakadagi zavodida 22-avgustdan boshlab rejaviy profilaktika ishlari boshlanadi

GM Uzbekistan’ning Asakadagi zavodida 22-avgustdan boshlab rejaviy profilaktika ishlari boshlanadi


Ish rejasi tasdiqlangani sabab, Andijon viloyatidagi Asaka shahrida joylashgan GM Uzbekistan avtomobil zavodida 22-avgustdan har yilgi rejaviy profilaktika ishlari boshlanadi. Bu haqda kompaniya Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Ushbu tadbirlar doirasida asosiy va yordamchi texnologik jihozlar, kommunal xo‘jalik, muhandis-kommunikatsion tarmoqlarning profilaktik tekshiruvi hamda texnik xizmati o‘tkaziladi. Shuningdek, korxonani kuz—qish mavsumiga tayyorlash doirasida rejaviy ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Ta’kidlanishicha, GM Uzbekistan AJning tayyor mahsulotlarni vaqtida va to‘liq hajmda yetkazib berish bo‘yicha shartnomadagi barcha majburiyatlari o‘z vaqtida bajariladi. Rejaviy profilaktika ishlarini amalga oshirish avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha avvalroq shartnomada qayd etilgan jadvalga ta’sir ko‘rsatmaydi.

2017-yilning 11-sentabridan boshlab zavodda avtomobil ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют