» » Polsha milliy xavfsizlik byurosi: Musulmonlar ko‘p yerlar terrorchilar uchun tabiiy bazadir

Polsha milliy xavfsizlik byurosi: Musulmonlar ko‘p yerlar terrorchilar uchun tabiiy bazadir


Yevropadagi oxirgi kunlarda ro‘y bergan terakt va hujumlar Polshaning musulmon muhojirlarni qabul qilmaslik qarorini yanada mustahkamladi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik byurosi boshlig‘i Pavel Solox bayonot berdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Oxirgi teraktlar misolida shunga amin bo‘lmoqdamizki, jamiyatga integratsiyasi zaif bo‘lgan musulmonlar ko‘p to‘plangan yerlar — Kataloniyada esa ularning soni yarim million atrofida — terrorchilar uchun tabiiy bazadir”, — ma’lum qildi Solox Polsha televideniyesi efirida.

Polsha avval boshidan Yevropa Ittifoqining migratsion siyosatiga qarshi chiqib, Chexiya va Vengriya bilan birga 2015-yil sentabrida Yevroittifoq mamlakatlari ichki ishlar vazirlari tomonidan kelishilgan muhojirlarni joylashtirish sxemasiga boykot e’lon qilgan edi. Rejaga muvofiq, ikki yil ichida ittifoqning 28 mamlakatidan 23 tasida, ilgari kelishilgan 40 ming muhojirdan tashqari, yana 120 ming qochqinni joylashtirish kerak edi. Iyul oyining oxirida Yevrokomissiya muhojirlarni qabul qilishga qarshi chiqqan Polsha, Chexiya va Vengriyaga qarshi sanksion jarayonlarni boshlab yubordi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют